Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-sentyabr
Qisqacha
Yozgan kodingiz brauzeringizda kompilyatsiya qilinadi va ishga tushadi — u serverga yuborilmaydi. Reklama ham, uchinchi tomon kuzatuv vositalari ham yo'q. Serverga faqat siz o'zingiz so'raganingizda (kirish, kodni ulashish, kodni saqlash) ma'lumot yuboriladi.
Brauzeringizda saqlanadigan narsalar
Quyidagilar faqat sizning qurilmangizda, localStorage da turadi va bizga yuborilmaydi:
- joriy kod matni — sahifani yopib qaytganingizda yo'qolmasligi uchun;
- sozlamalar: mavzu, shrift o'lchami, yuklanish animatsiyasi va boshqalar;
- ishga tushirishlar tarixi (natijalar bilan).
Ularni istalgan vaqtda brauzer sozlamalaridan sayt ma'lumotlarini tozalash orqali o'chirasiz.
Hisob ochsangiz
Telegram yoki Google orqali kirganda quyidagilar saqlanadi:
- Telegram: identifikatoringiz, ism, @username va til kodi — Telegram bergan ochiq ma'lumot;
- Google: identifikator, ism, profil rasmi manzili va email;
- sessiya yozuvi: kirish tokenining xeshi (tokenning o'zi emas) va brauzer satridan olingan qisqa xesh — «yangi qurilmadan kirish» haqida ogohlantirish uchun. Xom
User-Agentsatri saqlanmaydi.
Kodni ulashganda
«Ulashish» tugmasini bosganingizda kod, kiritilgan matn va natija serverda saqlanadi — havolani ochgan har kim ularni ko'radi. Shu bilan birga so'rov IP manzilining xeshi saqlanadi (xom IP emas): u faqat suiiste'molni cheklash uchun kerak. Ulashgan kodlaringizni profil sahifangizdan istalgan vaqtda o'chirasiz.
Xabarnomalar
Hisobingizdagi muhim o'zgarishlar haqida Telegram orqali yoki (Google bilan kirganlarga) email orqali xabar yuboramiz. Har bir turini alohida o'chirish mumkin: profil sahifasida, botdagi /xabarlar buyrug'ida yoki xatdagi «obunani bekor qilish» havolasida. Hisob xavfsizligiga oid xabarlar — masalan, yangi qurilmadan kirish — reklama emas, shuning uchun ular alohida boshqariladi.
Statistika
Kunlik umumiy sanoqlarni yuritamiz: nechta kod ishga tushirildi, nechta kirish bo'ldi, nechta yangi foydalanuvchi qo'shildi, nechta kod ulashildi. Bu sanoqlar shaxsga bog'lanmagan — ular faqat raqamlar.
Uchinchi tomonlar
Sayt Vercel'da, API esa alohida serverda joylashgan. Kirish uchun Telegram va Google xizmatlaridan foydalanamiz, xatlar Gmail SMTP orqali yuboriladi. Bu xizmatlarga faqat kirish yoki xat yuborish uchun zarur ma'lumot boradi. Reklama tarmoqlari va kuzatuv skriptlari ishlatilmaydi.
Ma'lumotlarni o'chirish
Ulashgan kodlarni profil sahifasidan o'chirasiz. Butun hisobni o'chirishni istasangiz — botga yozing (@onlinecompileruz_bot), hisob va unga bog'liq barcha yozuvlar o'chiriladi.
O'zgarishlar
Bu sahifa o'zgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim o'zgarishlar haqida xabarnoma orqali xabar beramiz.